Investitsiya loyihalari ijrosi joyida o‘rganildi
2025-12-17 12:50:00 / Yangiliklar

Investitsiya loyihalari ijrosi joyida o‘rganildi
Shahrisabz shahar prokurori yordamchisi S. To‘rayev, shahar hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i J. Axmatov hamda biriktirilgan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2024-yil 21-noyabrdagi 200-sonli bayoni ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida “istiqbolli”, “istiqbolsiz” hamda amalga oshirilishi kechikayotgan deb topilgan loyihalar joyiga chiqilgan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va kechikish sabablariga aniqlik kiritildi.
Shu bilan birga, har bir mas’ul tashkilot va mutasaddilarga loyihalar ijrosini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, hududda sanoat va savdo sohalarini izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.



