Shahrisabz shahar: Kesh MFY hududida asfaltlash ishlari boshlandi
2025-11-29 12:45:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahrining Kesh mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Open byudjet” loyihasi doirasida 3 800 metr yo‘l uchun ajratilgan asfalt olib kelinib, asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.
Loyiha Kalakon, Kesh va Farovon ko‘chalarini qamrab oladi. Pudratchi tashkilot — “Pahlavon-S” MChJ yo‘llarni sifatli asfalt bilan qoplash ishlarini jadal olib bormoqda.
Bugun Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev hududga borib, asfaltlash jarayonini shaxsan ko‘zdan kechirdi. Ayni paytda ishlar izchil davom etmoqda.
Mahalla fuqarolari yo‘llarning yangilanayotganidan mamnun. Ularning ta’kidlashicha, bu ishlar harakatlanish qulayligini oshirib, kundalik hayotga sezilarli yengillik keltirmoqda.




