"Olot tumanida 2025-yilning 9 oyligida erishilgan natijalar hamda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida” tuman hokimi Nargiza Nematovaning murojaati.
2025-10-31 16:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tumanimiz salohiyati jihatidan O‘zbekistonning eng istiqbolli hududlaridan biri sanaladi.
Prezidentimizning Olot tumaniga bo‘lgan yuksak e’tiborlari, xalqimiz farovonligi yo‘lida yaratib berayotgan keng imkoniyatlari tufayli bugun tumanimiz barqaror rivojlanib, obod va farovon hayot sari dadil qadam tashlamoqda.
Hurmatli Prezidentimizning Olotga bo‘lgan yuksak e’tiborlari, xalqimizga yaratib berayotgan keng imkoniyatlari hamda tumanimizning barqaror rivojlanishi va obod bo‘lishini har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelayotganlari, bugun har bir Olotning hayotida namoyon bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari bo‘yicha yig‘ilish bayonlari hamda 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-423-son) alohida qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda mazkur yig‘ilish bayonlari va qarorda belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi so‘zsiz ta’minlanmoqda.
Bunda aholining turmush tarzini yaxshilash, yangi korxonalarni tashkil qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirishga asosiy e’tibor berildi.
Natijada:
Tumanda sanoat (780,2 mlrd.so‘m) 103,9 foizga, qishloq xo‘jaligi (2,3 trln.so‘m) 103,9 foizga, qurilish ishlari (435,3 mlrd.so‘m)ga, xizmatlar hajmi (701,9 mlrd.so‘m) 113,4 foizga o‘sdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3 mln.so‘m, xizmatlar 6,5 mln.so‘m, qishloq xo‘jaligi 22,5 mln.so‘m hamda qurilish 4,1 mln.so‘mga yetdi.
Sanoat ishlab chiqarishining 58,1 foizi tarmoq va 45,8 foizi hududiy darajadagi korxonalarga to‘g‘ri kelib, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 7,3 mln. so‘mni, kichik biznesning sanoatdagi ulushi 63,8 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yengil sanoat (97,8 foiz) tarmoqlari “drayver” bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari tuman sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va modernizatsiya qilinishi hamda energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hamda buning natijasida tannarx xarajatlarini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Shuningdek, Vertikal sanoat binolarini tashkil etish maqsadida “G‘ijduvon tajribasi”ga asosan tumandagi 2 ta mahallada umumiy qiymati 4,9 mlrd.so‘mlik 3 ta loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 37 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bugungi kunda tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1,2 ming tani tashkil etsa, shundan 759 tasi yoki 62,7 foizi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi.
Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga o‘tgan 9 oyda jami 142 ta yangi tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish subektlari va mavjudlarining faoliyatini kengaytirish hisobiga, 146 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Yangi tadbirkorlikni tashkil etish uchun qulay muhit yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarini tashkil etishga mo‘ljallangan jami 2,5 gektar yer maydonlari 72 ta lotlarga ajratilib auksion savdolariga chiqarildi.
Xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida qiymati qariyb 5,0 mlrd so‘mga teng 3 ta xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etilib, 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
2025 yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 33,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 111,5 foizga oshdi. Xususan, sog’liqni saqlash 10,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,9 foizga oshdi.
Hurmatli tumandoshlar, Muhtaram Prezidentimizga Raxmat!
Aholi bandligini ta’minlash dasturlari doirasida 2025-yil yanvar-sentabr oylarida 15,3 ming nafar aholining bandligi ta’minlandi.
Ishsizlik darajasi 2024 yilda 5,6 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yil 3-chorak yakuni bilan 4,8 foiz (0,8 foiz)gacha tushirishga erishdik.
Kambag‘allik darajasini 2024-yildagi 9,5 foizdan joriy 2025 yil 3-chorak yakuni bilan 5,5 foizgacha tushirdik. Xorijga chiqib ketgan migrantlarning 120 nafari tartibli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olindi. 216 nafar xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar o‘qishga jalb qilindi.
Bugungi kunga qadar jami 112 nafar fuqarolar o‘qish jarayonlarini tomomlagan. Bitiruvchilarning 48 nafari ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilingan bo‘lib, shundan 36 nafari xorijga ishga yuborilgan..
Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan yaratib berilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyatlar hisobiga, 2025-yil 9 oyligida tadbirkorlik subyektlari soni 1,8 mingtaga yetib, 2024-yil (1,7 mingta)ga nisbatan 0,2 mingtaga ko‘paydi.
Tumanda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2025-yilda 298 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi. Bugungi kunda 2,8 ming nafar fuqarolar aynan shu korxonalarda doimiy bandligi ta’minlangan.Shuningdek, dasturlar doirasida jami 108 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltirilib, o‘tgan yilga nisbatan 65 mlrd so‘m yoki 184 foizga o‘sdi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 29,0 mlrd.so‘m “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida 18,0 mlrd.so‘m, Biznesga birinchi qadam dasturi doirasida 11,0 mlrd.so‘m, Mahalla loyihasi dasturi doirasida 31,0 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Hurmatli tumandoshlar!
Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida “Sayxunobod” tajribasi asosida 35 ta mahallalardan 1242 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, buning natijasida 2559 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 31,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
“Uychi” tajribasi asosida 3 ta tijorat banklari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 81 marotaba tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan 417 ta (respublika bilan bog‘liq 3 ta, hudud darajasida 410 ta) muammoli masalalarning 410 tasi (respublika bilan bog‘liq 3 ta, hudud darajasida 410 ta) hal etilib, tadbirkorlar tomonidan 767 ta ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylar yakuni bilan kichik biznes subyektlarining sanoatdagi ulushi - 72,7 foiz, xizmat ko‘rsatishda - 76,8 foiz, qurilishda - 88,2 foiz, qishloq xo‘jaligida - 98,4 foizni tashkil etmoqda.
Budjet daromadlariga joriy yilning 9 oyida 110,1 mlrd.so‘mni tushum tushishi ta’minlanib beligilangan reja (107,3 mlrd so‘m) 102,6 foizga bajarildi. Shuningdek, mahalliy budjetga 110,1 mlrd.so‘m tushum tushirilib, mahalliy budjet ixtiyorida 2,8 mlrd.so‘m mablag‘lar qolishi ta’minlandi. Mahalliy budjet ixtiyorida qolgan mablag‘ jami mahalliy budjet daromadlarining 2,6 foizni tashkil etgan (2024-yil 9 oylikda 1,8 foiz).
Birgina 2025-yilning to‘qqiz oyida mahalliy budjet ixtiyorida qolgan (9,7 mlrd.so‘m) mablag‘ hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli masalalari uchun 9,7 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Tumanda xususiylashtirish dasturlariga kirgan ko‘chmas mulk obyektlaridan 4 tasi 3,2 mlrd so‘m baholangan qiymatda ommaviy savdolarga chiqarilib, 2025-yil 9 oylida 8 ta aktivlar 3,4 mln. so‘mga sotilishi ta’minlandi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida auksion savdolariga chiqarilgan umumiy yer maydoni 29,7 gektar (253 ta) yer uchastkalari 6,3 mlrd so‘mga sotilishi ta’minlandi.
Jumladan: sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 525,9 mlrd so‘m bo‘lgan 2 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 1012 nafar yangi ish o‘rinlari; xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 18,5 mlrd so‘m bo‘lgan 5 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 256 nafar yangi ish o‘rinlari; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan 1 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, buning natijasida 18 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida 111,7 mlrd. dollarni tashkil etdib, belgilangan rejaga nisbatan 109,0 foizni tashkil qilmoqda.
Jami hududiy eksport hajmi - 2025-yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bilan 6,3 mln. dollarga yetdi. Shundan, sanoat mahsulotlari eksporti hajmi 5,5 mln. dollarni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 0,2 mln. dollarni tashkil etdi.
Qadrli tumandoshlar!
Tumandagi barcha dasturlar doirasida 38 ta obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish uchun jami 84,6 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Jumladan 5 ta (26,270 mlrd so‘m) umumta’lim maktablari, 2 ta (6,8 mlrd so‘m) maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 3 ta (4,150 mlrd so‘m) sog‘liqni saqlash muassasalari, 2 ta (2,5 mlrd so‘m) sportni rivojlantirish ob’ektlari, va 26 ta (45,087 mlrd so‘m) boshqa ob’ektlarda qurilishi va montaj ishlari olib borilmoqda hamda ularning energiya samaradorligi oshirilmoqda.
Joriy yil dasturlari doirasida tumandagi jami Investitsiya dasturi -2 ta (9,0 mlrd.so‘m), Tashabbusli byudjet (1,2 mavsum)-19 ta (27,8 mlrd.so‘m), Drayver loyihalar(1,2 mavsum) -7ta (10,4 mlrd.so‘m), tashkil etadi.
So‘ngi yillarda aholining yuqori o‘sish sur’atda va iqtisodiy faollikning ortishi sharoitida tumanimiz miqyosida uy-joyga bo‘lgan talab ham o‘sib bormoqda.
2025-yilning o‘tgan 9 oy davomida jami 25 ta xonadondan iborat 1 ta ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilgan.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy tizimlari asosida aholining ichimlik suvi ta’minoti darajasi bugungi kundagi 90,3 foizdan 99,7 foizga yetkazilishi taminlandi.
Joriy yilda davlat dasturlari asosida 8,1 km yo‘llarni asfaltlashtirish, 125 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rntish, 1 ta ko‘prikni quvurga almashtirish, 22,0 km shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga asosan 8 ta mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi ta’mirtalab ichki xo‘jalik yo‘llarining 12 km qismi shag‘alashtirildi hamda 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini xudidagi 1,4 km yo‘llar asfaltlashtirildi.
Dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan yil yakuniga qadar “Qirtay”, “Ko’l Chovdur”, “Arabxona”, mahallalari hududidagi 2,5 km ta’mirtalab yo‘llar shag‘allashtiriladi.
Elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida tasdiqlangan reja asosida 1,1 km yuqori kuchlanishli va 209,9 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 9 ta past kuchlanishli, 1 ta yuqori kuchlanishli transformator punktlarida ta’mirlash ishlari to‘liq bajarildi.
Bundan tashqari, Davlatimiz rahbarining tashbbuslari asosida og‘ir toifadagi 5 ta mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida ajratilgan 0,3 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga ushbu hududlardagi 1 ta transforamator punktlari yangidan o‘rnatilib, 2,7 km elektr tarmoqlari hamda 3 ta tayanch ustunlar yangilandi.
Buning natijasida ushbu mahallalardagi 1 125 ta xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi. Tumanda 4,06 MVt dan ortiq quyosh panellari o‘rnatilib, reja 342 foizga bajarildi.
Aholini tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 2025/2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda tumandagi 20 668 ta iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida 51 ta gaz taqsimlash punktlarida taftish o‘tkazildi, 11,2 km gaz quvurlarida bosim ostida sinash va tozalash ishlari bajarilib, 7,6 km yer osti gaz quvurlari holati tekshirildi hamda 17 km quvurlarni tartibga keltirish (bo‘yoqlash) ishlari to‘liq bajarildi. Shuningdek, iste’molchilarga 39 dona qo‘shimcha gaz ballonlar yetkazib beriladi
Jonajon Olotimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, chang-qum bo‘ronlarining atrof-muhitga zararli ta’sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 735 ming. dona daraxt hamda buta ko‘chatlari ekiladi.
Hurmatli Olotliklar!
Joriy yil tumanda paxtachilik yoʻnalishida 210 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 6 ming 850 gektar maydonda serhosil navlarga mansub chigit ekilib, agrotexnik talablar asosida gʻoʻza parvarishlandi.
Tumanda belgilangan 32 ming tonnadan ziyod hosil yig‘ishtirib olinib, yillik shartnoma rejasi bajarildi. Mavsum davomida terimchilar yordamida 29 635 tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olindi. 2 ming 500 tonnadan oshiq paxta mashinalar yordamida terilgani katta natija hisoblanadi.
Zahmatkash dehkon va fermerlarning fidokorona mehnatlari orqali hurmatli Prezidentimiz va xalqimiz oldida yuzlari yorug‘ bo‘lgani xammamizni quvontiradi.
Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga raxmat aytmoqchiman. Hurmatli Prezidentimizning islohotlari va yaratib berayotgan sharoitlari bunday natijalarga erishishda asosiy omil bo‘ldi.
Aziz do'stlar!
Maktab bitiruvchilarning oliygohlarga kirish darajasi 49 foizdan 71 foizga yetib, bitiruvchilarimizni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan o‘rtacha ballari 81 ballni tashkil etdi.
.
Joriy yilning o‘tgan davari mobaynida Yoshlar bandlik dasturi doirasida 1693 nafar yoshlarning bandligi ta’minlashga erishildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida ham tizimli ishlar davom ettirilib, tibbiyot muasssasalari uchun 2025 yilning o‘tgan davrida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 300,8 mln so‘mlik 50 dona kompyuter texnika vositalari olib berildi. Ijtimoiy yordamga muxtoj bo‘lgan yoshlarning 332 nafariga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali 439 mln so‘m miqdorida ko‘mak ko‘rsatildi.
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish borasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 8 213 nafar yoshlar xorijiy tillarni onlayn o‘rganayotgan bo‘lib, sertifikat olganlar 780 nafarni tashkil etdi.
Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 26 ta loyiha va tadbirlar ishtirok etish uchun 10-30 yoshdagi yoshlar 32 419 nafari sport, 32 331 nafari tanlov 12 228 nafari adaptiv sport yo‘nalishlarida jami 224 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etdi.
“Aloqa bank” ATning “Biznesga birinchi qadam – Yoshlar uchun” loyihasi doirasida 44 nafar yosh fuqarolar bilan 2 mlrd. 995 mln. so‘m miqdorida kredit shartnomalari imzolandi.
“O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlikda 14 nafar bitiruvchiga 1 mlrd. 042 mln. so‘m kredit ajratildi.
“Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 3 ta loyihaga 200 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Qadrli tumandoshlar!
Hurmatli Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli hamda 18-avgustdagi 253-sonli qarorlari bilan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim yaratildi.
Barcha darajadagi rahbarlar zimmasiga “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi. Mahallalardagi ko‘p qavatli uylar atrofi va kirish joylariga yuzni tanib oluvchi 118 ta kameralar hamda 35 ta kodli qulfli temir eshiklar o‘rnatildi.
Hurmatli Prezidentimiz har doim hududlarni kompleks rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, aholini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.
Bu haqda gapirganda, hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan joriy yilning 12-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari hokimlik faoliyati uchun asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Ijozatingiz bilan, endi bevosita 2025-yil yakuniga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim vazifalar rejalar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Tumanimiz aholisi (joriy yil 9 oylikda 106,9 ming kishi) joriy yilda o‘rtacha 1,5 ming kishiga ko‘payishini hisobga olgan holda, ularga munosib sharoit yaratib, bandligini ta’minlash va daromadlarni oshirish maqsadida tumandagi islohotlar shtabi bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiramiz:
Sanoat mahsulotlari hajmini 105,2 foizga (1,1 trln.so‘m), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 104,0 foizga (3,2 trln.so‘m), xizmatlar hajmini 114,6 foizga (962,7 mlrd.so‘m), qurilish pudrat ishlari hajmini 110,6 foizga (890 mlrd.so‘m) oshiriladi.
Soliq ma’murchiligi va budjet-soliq siyosatiga kiritiladigan o‘zgartirishlar hisobiga mahalliy budjet daromadlari 2024-yilda 80,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda 107,5 mlrd.so‘mga yetkaziladi. Norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan 0,4 ming nafar fuqarolarning faoliyati legallashtiriladi.
Inflyatsiya darajasini 10 foizdan 8 foizga tushirish choralari ko‘riladi.
Bunda: Investitsiya dasturlari doirasida 2025 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida umumiy qiymati 49,9 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha amalga oshirilib, 318 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 96,5 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 barobariga o‘sish ta’minlandi.
Jami hududiy eksport hajmi - 2025 yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bilan 2,8 mln. dollarni tashkil etib, yoki 62 foizga bajarilishi ta’minlandi.
Hududiy investitsiya dasturi doirasida 2025 yil yakuniga qadar umumiy qiymati 276 mlrd. so‘mlik 18 ta loyihalari amalga oshirilishi hamda 648 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.
2025 yilda tuman bo‘yicha jami hududiy korxonalar mahsulotlari eksporti hajmini 8,3 mln. dollarga yetkazish bo‘yicha hisob-kitob qildik.
Yil yakuniga qadar “G‘ijduvon tajribasi”ga asosan ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalarning to‘liq ishga tushirilishi ta’minlash natijasida 180 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Zarbdor tajribasi” asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi 2 ta drayver loyihalar amalga oshiriladi.
Tuman markazida jami 0,7 km uzunlikdagi tunu-kun ishlaydigan 1 ta 24/7 ko‘chalar tashkil etish orqali 8 ta yangi savdo va servis obyektlari ishga tushiriladi.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmayotgan 12 ta tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etish bilan bir qatorda ularning faoliyatini tiklash orqali yil yakuniga qadar qo‘shimcha 0,5 mlrd so‘mlik hajm hamda 20 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Qadrli Olotliklar!
So‘nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
1230 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirilib bandligi ta’minlandi. 240 nafar xotin-qizlar lider tadbirkor ayollarga biriktirildi.
Migratsiyadan qaytgan 530 nafar xotin-qizlar bilan profilaktik ishlar olib borilib, ishlash istagida bo‘lganlarining bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Boquvchisi bo‘lmagan 394 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.
11 ta mahallalarda bo‘sh bino yoki 3 sotixli yer maydonida “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari”ni tashkil etildi.
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha 1 ta Xalifa mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskanlari”da yosh nikohlanuvchilarning o‘qitilishi kuchaytirildi.
41 ta nizoli oilalar bilan manzilli ishlandi.
87 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va yakka yolg‘iz ayollar O‘zbekistonning shinam go‘shalarida sayohatga jalb etildi.
Qadrli tumandoshlar!
Albatta, oldimizga qo‘ygan maqsad va rejalarimiz katta mas’uliyat hamda salmoqli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bu ishlar bilan cheklanib qolmaymiz — oldimizdagi vazifalarni izchil davom ettiramiz, yangi tashabbuslar va amaliy ishlar orqali tumanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqamiz.
