“Amu-Qoraköl” kanali böyida “Sohil böyi” dam oliş maskani barpo etilmoqda
2026-11-06 17:45:00 / Yangiliklar

📍Mahalla va qişloqlar qiyofasini yaxşilaş, aholi uçun qulay muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaratiş hamda turmuş darajasini oşiriş borasida Olot tumanida ham izçil işlar amalga oşirilmoqda.
✔️Davlatimiz rahbari raisligida ötgan yili bölib ötgan videoselektor yiğilişlarida har bir şahar va tuman markazida kamida ikkitadan “yaşil maydon” va jamoat parki taşkil etiş, istirohat boğlarida aholi uçun “sokin hudud”lar barpo qiliş vazifasi belgilangan edi. Bunda boğlar hududining kamida 60–70 foizini yaşil maydonlar taşkil etişi lozimligi alohida ta’kidlangan.
📌Şu maqsadda Olot tumanidagi Xalifa va Jayxunobod mahallalaridan ötuvçi “Amu-Qoraköl” kanali böyida umumiy qiymati 8 milliard 510 million söm bölgan yirik ijtimoiy loyiha amalga oşirilmoqda. Unga köra, aholi, ayniqsa, oilalarning mazmunli dam olişi va hordiq çiqarişi uçun zamonaviy “Sohil böyi” dam oliş maskani barpo etilmoqda.
🔼Loyiha doirasida kanalning 3 ming metr uzunlikdagi sohili obodonlaştirilib, hududga zamonaviy me’moriy yeçimlar asosida körkam qiyofa berilmoqda. Şuningdek, kökalamzorlaştiriş işlari olib borilib, piyodalar va velosipedçilar uçun qulay yölaklar, ayvonlar, tungi yoritiş tizimi hamda manzarali daraxtlar va gullarni suğorişga möljallangan gidrotarmoq barpo etilmoqda.
⌛ Bundan taşqari, loyiha doirasida yangi köprik quriş, kanal atrofini xavfsizlik talablariga muvofiq tösiş, bolalar uçun zamonaviy öyin maydonçalari, aholi foydalanişi uçun sport va dam oliş hududlarini taşkil etiş közda tutilgan. Bu esa maskanning nafaqat körkam, balki barça yoşdagi aholi uçun qulay va xavfsiz bölişini ta’minlaydi.
➡️Viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmaçiligida amalga oşirilayotgan quriliş-bunyodkorlik işlarini pudratçi taşkilot — “Kapital sifat quriliş fayz” MÇJ işçi va mutaxassislari olib bormoqda.
🔖Zero, bugungi kunda zamonaviy dam oliş maskanlari şunçaki hordiq çiqariş joyi emas, balki oilalar birgalikda mazmunli vaqt ötkazadigan, bolalar quvonç bilan öynaydigan, yoşlar sport bilan şuğullanadigan, aholi esa tabiat qöynida sayr qilib, maroqli dam oladigan maskanlar sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
