Raddiya
2026-10-28 19:20:00 / Rasmiy munosabat
Ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda.
“Овози тоҷик” gazetasining 2026-yil 28-oktabrdagi 86-sonida “Az zanghoi bejavob to ma’lumoti nodurust” (“Javobsiz qo‘ng‘iroqlardan tortib noto‘g‘ri ma’lumotlargacha”) sarlavhasi ostida ishonch telefonlari faoliyati o‘rganilganligi keltirilgan. Unda Olot tumani hokimligiga tegishli +998 365 342-21-14 raqamli ishonch telefoni ishlamasligi haqida ma’lumot kiritilgan.
Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Olot tumani hokimligiga tegishli ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda. Ushbu telefon raqami tuman hokimligining rasmiy Olot.uz veb-saytida ham e’lon qilingan.
O‘rganishlar davomida ishonch telefonidan kuniga o‘rtacha 10–15 marotaba foydalanilayotgani, fuqarolardan har kuni 4–5 ta murojaat kelib tushayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ishonch telefoni orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish ishlari yo‘lga qo‘yilganligini ma`lum qilamiz.

