Qabul: "Har bir murojaat ortida inson taqdiri va muammo yechimi turibdi"
2026-10-23 14:50:00 / Yangiliklar

Bugun tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Nargiza Nematova hamda AT Xalq banki Buxoro viloyati mintaqaviy markazi rahbari o‘rinbosari, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha mas’ul Nargiza Latipova ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazilib 23 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida fuqarolar bandlik, ishga joylashish, yer-mulk, oilaviy masalalar, yo‘l infratuzilmasi qurulish va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardilar. Har bir murojaat alohida tinglanib, uning mazmuni va yechimi uchun zarur choralar muhokama qilindi.
Qabulda ishtirok etgan mas’ul rahbarlar va mutaxassislarga murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, imkon qadar joyida hal etish hamda qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha aniq choralar belgilash vazifalari yuklatildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli yechimlar belgilangan bo‘lsa, qolgan masalalar mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholining dardu tashvishlarini yaqindan bilish, muammolarga befarq bo‘lmaslik va odamlarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy maqsad — murojaatlarni shunchaki tinglash emas, balki har bir masala ortidan amaliy natijaga erishishdir.









