XALQ MUROJAATLARI E’TIBORDA
2026-10-16 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Nargiza Nematova ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, unda 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida moddiy yordam, kadastr, tadbirkorlik, drenaj tarmoqlari, uy-joy ta’miri, bandlik va oilaviy sharoit bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat ortida insonning kundalik hayoti, oilasi va kelajagi bilan bog‘liq muhim masalalar turgani inobatga olinib, ularni hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatni tinglash — mas’uliyat, unga yechim topish esa amaliy natijadir. Shu tamoyil asosida tashkil etilayotgan qabullar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilmoqda







