Rasmiy munosabat
2026-09-16 15:50:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda «Муаммо бор, ечим йуқ...» nomli videomurojaatda ariq-lotoklardan suv toshishi oqibatida xonadon, tomorqa hamda ekin maydonlariga suv kirishi bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan.
Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida "Burjoq" mahallasidan o‘tuvchi ichki ariq fuqaroning xonadoniga tutash hududdan o‘tishi, shuningdek, mazkur ariq orqali 8 dan ortiq ijara asosida ajratilgan yer maydonlari hamda fermer xo‘jaliklarining ekin yerlariga suv yetkazib berilishi aniqlandi.
Ariqning o‘z vaqtida tozalanib, qazib turilmagani natijasida uning suv o‘tkazish quvvati pasaygan. Bu esa sug‘orish vaqtida suvning me’yoridan ortiq to‘planib, ayrim joylarda ariqdan toshib chiqish holatlariga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida suv yetkazib berish xizmati mutaxassislari, mahalla vakillari hamda yer egalari bilan birgalikda ariqni hashar yo‘li bilan qazish va tozalash bo‘yicha kelishib olindi.
https://www.youtube.com/live/w04um5z6CJ4?si=ZMVTpaJdvO5WlYN-

Belgilangan ishlar amalga oshirilishi natijasida ariqning suv o‘tkazish quvvati yaxshilanib, suvning toshib ketishi bilan bog‘liq muammo bartaraf etilishini ma`lum qilinadi.
