Xalq murojaatlari e’tiborda murojaatlarga amaliy yechim izlandi
2026-08-14 15:50:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda 30 nafardan ortiq fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Ular tomonidan moddiy yordam, kadastr masalalari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, drenaj tarmoqlari, uy-joy ta’miri, bandlik hamda oilaviy sharoit bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat alohida yondashuv asosida ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning muammolarini imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratilib, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli vazifalar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Qabul davomida nafaqat muammolar tinglandi, balki fuqarolarga mavjud tartib-taomillar, qonunchilik talablari va muammolarni hal etish imkoniyatlari yuzasidan zarur tushuntirishlar ham berildi.
Bunday uchrashuvlar aholining davlat idoralari bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, joylarda to‘planib qolayotgan muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qabul yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tahlil qilinib, hududdagi muammolarning oldini olish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.









