Olotlik kurashchilar g‘alabasi e'tirof etildi!
2026-07-16 13:25:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” viloyat bosqichida Olot tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bugun tuman Sport bo‘limi vakillari tomonidan qo‘lga kiritilgan “Bosh prokuror kubogi” tuman hokimi Nargiza Nematovaga tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tuman hokimligida mahallalar chegaralarini belgilash, ularning hududiy joylashuvi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, tegishli hujjatlar tasdiqlandi.





