Mahallalarni rivojlantirish – islohotlarning ustuvor yo‘nalishi
2026-07-16 15:05:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Nargiza Nematova boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi vakillari hamda mutasaddilar ishtirok etdi. Unda videoselektorda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda mahallalarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Tashabbusli budjet” dasturida mahallalarning faolligini oshirish, ayniqsa imkoniyati cheklangan hududlarning loyihalarda kengroq ishtirokini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Muhokamalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholini doimiy ish bilan ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bu borada Quva mahallasi tajribasi misolida har bir mahallaning o‘ziga xos "o‘sish nuqtasi”ni aniqlash, tashabbuskor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda daromadli loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda ijtimoiy reyestrni to‘g‘ri yuritish, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy muammolarni tizimli hal etish hamda mahallalarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Yakunda tuman hokimi tomonidan mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, obod xonadon — obod ko‘cha, obod ko‘cha esa obod mahallaning mustahkam poydevoridir.








