Obod hudud — farovon hayot garovi
2026-07-17 17:10:00 / Yangiliklar

Tuman hududlarida ertalabdan boshlab obodonlashtirish va tozalik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, aholi yashash xonadonlari atrofi, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarida sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fuqarolar tomonidan tashkil etilayotgan hasharlar davomida ko‘chalar supurilib, yo‘l chetlari tartibga keltirilmoqda, daraxt va ekinlar parvarish qilinib, hududlar chiqindilar hamda begona o‘tlardan tozalanmoqda.
Aholi xonadonlarida ham sanitariya holatini yaxshilash, hovli va atroflarni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
Bundan tashqari, tumanda yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham jadallik bilan davom etmoqda. Ayrim hududlarda yo‘llarni asfaltlash, ta’mirlash va shag‘allashtirish ishlari olib borilib, aholiga yanada qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Olot tumanida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar aholi va mas’ul tashkilotlarning hamjihatligini namoyon etib, “Obod mahalla — obod xonadon” tamoyili asosida hududlarni yanada fayzli va ko‘rkam qilishga qaratilgan.









