Murojaatlar yechimi yo‘lida navbatdagi qabul bo`lib o`tdi
2026-06-19 15:55:00 / Yangiliklar

Bugun Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazilgan qabulda tuman hokimi Nargiza Nematova fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Qabul jarayonida uy-joyni ta’mirlash, yer-mulk bilan bog‘liq masalalar, oilaviy muammolar, davolanish uchun moddiy yordam, kommunal xizmatlar hamda bandlik yo‘nalishidagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, har biri tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Ba’zi masalalar joyida hal etilib, murojaatchilarga amaliy ko‘mak va huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Qabul yakunida fuqarolar murojaatlari tahlil qilinib, hududda mavjud ayrim muammolarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.







