Olot tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
2026-04-01 10:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus doirasida bugun Olot tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida mutaxassis shifokorlar tomonidan har bir xodimning sog‘ligi atroflicha tekshirilib, ularga tegishli tibbiy xulosalar berildi.
Ayrim holatlarda esa xodimlarga yanada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanmalar taqdim etilmoqda. Bu esa kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, ularning oldini olish va o‘z vaqtida davolash imkonini yaratadi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, zamonaviy tibbiyot ko‘plab kasalliklarni davolash imkoniyatiga ega. Biroq kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish ancha oson va samarali hisoblanadi. Shu bois bunday profilaktik tadbirlar aholining, ayniqsa davlat xizmatchilarining sog‘ligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Mazkur kafolatlar xizmatchilarning sog‘lom va samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.








