Voleybol “Hokim Olimpiadasi” musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda.
2026-04-01 11:30:00 / Yangiliklar

Tumandagi 7-son umumta’lim maktabining sport zalida voleybol sport turi bo‘yicha navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda turli jamoalar o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun murosasiz kurash olib bordilar. Har bir uchrashuv keskin va qiziqarli kechib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mazkur sport tadbiri yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning irodasi, chidamliligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, bu kabi musobaqalar orqali iqtidorli sportchilar saralab olinib, kelgusida yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan yosh iste’dodlar kashf etilmoqda.
Shu bilan birga, “Hokim Olimpiadasi” doirasida boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar ham davom etmoqda.









