Nargiza Nematova profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-05-22 11:05:00 / Yangiliklar
Tumanda jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Nargiza Nematova profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida mahallalarda mavjud muammolar, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflar va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, mahallalarni zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlash, xavfsizlik tizimini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat va taklif asosida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, mahallalarda xavfsiz va farovon muhit yaratish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.





