Nargiza Nematovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-05-22 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Nargiza Nematovaning navbatdagi fuqarolar qabuli tuman “Xalq qabulxonasi” binosida tashkil etildi. Qabul jarayonida tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan asosan kadastr, bandlik, yer-mulk munosabatlari, davolanish, oilaviy masalalar, yoshlar muammolari hamda ishga joylashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Shuningdek, sog‘ligini tiklash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy yordam so‘rab ham murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida jami 25 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etish choralari ko`rilgan bo`lsa qo‘shimcha o‘rganish yoki vaqt talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini tizimli hal etish, odamlarni rozi qilish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.








