Nargiza Nematova: "Har bir murojaat – e’tiborda"
2026-03-28 16:15:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Nargiza Nematova boshchiligida Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mas’ul mutasaddilar hamda 25 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar ko‘tarildi. Xususan, ishga joylashish, davolanish, ijtimoiy yordam olish, kommunal xizmatlar, kredit ajratish, bandlik va boshqa shaxsiy muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, masalalarga joyida yechim topish choralarini ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, davolanish va ijtimoiy yordan kommunal soha bilan bog‘liq ayrim murojaatlar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etish choralari ko`rilgani fuqarolarni mamnun etdi. Bu esa murojaatlar bilan ishlash tizimida tezkorlik va samaradorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida har bir fuqaroning murojaati e’tibordan chetda qolmasligini, ularning yechimi qat’iy nazorat ostida bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, mutasaddilarga murojaatlar bilan manzilli ishlash, ularni ortga surmasdan, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bunday qabullar aholi muammolarini bevosita o‘rganish, ularning dardiga quloq tutish va real yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi.









