"Veltonix" MCHJda 100 nafar ayollar bandligini ta’minlandi.
2026-03-27 13:25:00 / Yangiliklar

"Shayxlar" mahallasida faoliyat yuritayotgan “Veltonix” MCHJ korxonasi ana shunday ezgu tashabbuslarning yorqin namunasi sanaladi. Mazkur korxona tomonidan 100 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Bu esa o‘z navbatida mahalladagi ko‘plab oilalarning daromad manbaini mustahkamlamoqda.
Korxona rahbari Abror Xudayberdiyevning ta’kidlashicha, hozirgi kunda 100 nafar ayol doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, yana qo‘shimcha 30 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu esa korxonaning kengayib borayotganidan dalolat bermoqda.
“Veltonix” MCHJ asosan erkaklar uchun mo‘ljallangan 4 turdagi futbolkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki Rossiya, Italiya va Turkiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda. Hozirgi kunda korxona bir oyda 100 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, o‘z bozorini yo‘lga qo‘ygan.
Eng muhimi, ilgari ishsiz bo‘lgan ko‘plab ayollar bugungi kunda doimiy ish o‘rniga ega bo‘lib, o‘z oilalariga moddiy va ma’naviy ko‘mak bermoqda. Bu esa jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.









