Yoshlar bilan uchrashuv – kelajak sari muhim qadam.
2026-03-26 11:45:00 / Yangiliklar

Bugun "Opshoq" mahallasida joylashgan 14-umumtaʼlim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Nasiba Jumayeva, masʼul tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, tumanda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Taʼkidlanganidek, joriy yilda mazkur maktabda jami 430 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Shundan 28 nafari bitiruvchi boʻlib, ularning 4 nafari muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar boʻlgani alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuv davomida yosh avlodning taʼlim-tarbiyasi, ularning kelajakdagi qiziqishlari va kasb tanlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 12 foizli imtiyozli kreditlar ajratish, kasb-hunar oʻrganish, yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, kitobxonlikni rivojlantirish, tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida har bir yoshning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning orzu-intilishlari, maktab partasidan boshlangan maqsadlari qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.
Uchrashuv soʻngida faol yoshlar hamda muddatidan oldin talaba boʻlgan oʻquvchilarga sovgʻalar topshirildi.








