Hokimi Olimpiadasi: Yosh sportchilar yangi marralarni ko`zlashmoqda.
2026-03-25 11:35:00 / Yangiliklar

Musobaqalarning dastlabki bellashuvlari Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etildi. Bu bosqichda sportning dzyudo turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Yosh polvonlar 20 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashib, tomoshabinlarga murosasiz va qiziqarli kurash taqdim etishdi.
Har bir bellashuvda sportchilarning mahorati, chidamliligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, yoshlar orasida dzyudoga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani e’tiborga molik.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan e`tirof etildi. Eng muhimi, ular viloyat hokimi Olimpiadasida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Mazkur sport tadbiri nafaqat yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, balki ularning iroda va matonatini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oldinda esa yana ko‘plab sport turlari bo‘yicha bahslar kutilmoqda.









