Rasmiy munosabat
2026-04-22 13:50:00 / Rasmiy munosabat

Mazkur holat yuzasidan tuman ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida “Chovdur” mahallasi hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi D-187 “a” avtomobil yo‘lining 4-kilometr qismida joylashgan ko‘prik inshooti hozirgi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani ma`lum bo`ldi.
Ushbu holat inobatga olinib, Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2025-yil 20-yanvardagi VII-5-2-2-0-K/25-sonli “Viloyatdagi ‘Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi’ mablag‘lari hisobidan ta’mirlanadigan ko‘priklarning manzilli ro‘yxatini kelishish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur ko‘prik avariya holatidagi inshootlar qatorida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida transport vositalari harakati vaqtincha aylanma yo‘l orqali tashkil etilmoqda. Shuningdek, ko‘prikka tutash hududlarda fuqarolar va haydovchilar uchun qo‘shimcha o‘tish va qaytish yo‘laklarini yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan tartibda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma`lum qilamiz.
