Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-02-07 16:30:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida jami 22 nafar fuqaro o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Jumladan, obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, moddiy yordam ajratish, kontrakt to‘lovlari, bandlikni ta’minlash, soliq hamda chiqindi to‘lovlari, shuningdek, ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Ayrim muammolarga joyida tegishli tushuntirishlar berilib, ijobiy yechim topish choralari ko`rildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bunday qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.








