“Oʻzbekiston” mahallasida navbatdagi tibbiy koʻrik oʻtkazildi.
2026-02-07 10:30:00 / Yangiliklar

Tibbiy koʻrikda tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari ishtirok etib, mahalla aholisiga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Jumladan, fuqarolar terapevt, tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtib, UZI, EKG hamda laborator tahlillar topshirdilar. Koʻrik jarayonida “salomatlik burchagi” tashkil etilib, aholiga sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Tibbiy koʻrikda jami 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Tekshiruvlar natijasida ayrim fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Xususan, 4 nafar fuqaroda kamqonlik, 5 nafarida pielonefrit, 10 nafarida xolesistit, shuningdek 10 nafar fuqaroda yuqori qon bosimi qayd etildi.
Aniqlangan holatlar asosida 15 nafar bemorga tuman miqyosidagi tibbiyot muassasalariga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Jumladan, 4 nafar fuqaroga oʻt-tosh kasalligi, 3 nafariga urologiya yoʻnalishi, 4 nafar yuqori qon bosimi bilan bogʻliq kasalliklar boʻyicha chuqurlashtirilgan davolanish tavsiya etildi.
Bunday tibbiy koʻriklar aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tiborini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









