🏆 Olot tumanida qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
2026-02-05 16:25:00 / Yangiliklar
Olot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchi qizlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 17-umumta’lim maktabi qizlar jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutloq g‘olib deb topildi.
Musobaqada:
🥇 1-o‘rin – 17-maktab
🥈 2-o‘rin – 30-maktab
🥉 3-o‘rin – 13-maktab jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Olot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom, medal va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur musobaqa yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi. ⚽️✨







