Serqatnov yo‘lda piyodalar harakati xavfsizligi kuchaytirildi.
2026-02-03 10:50:00 / Yangiliklar

Mazkur avtomagistral hududi transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu yo‘ldan har kuni Politexnikum talabalari, shuningdek “Yosh botir”, “Nurobod”, “Pichoqchi” va “Denov” yo‘nalishlarida qatnovchi piyodalar va yo‘lovchilar muntazam foydalanib kelishadi.
Yangi o‘rnatilgan svetafor piyodalarga yo‘lni belgilangan vaqtda, xavfsiz tarzda kesib o‘tish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, transport vositalari harakatini tartibga solib, haydovchilar va piyodalar o‘rtasidagi xavfli vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Mazkur chora-tadbirlar aholi xavfsizligini oshirish, talaba-yoshlar va fuqarolarning hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, yo‘l harakati madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.






