Yangi buyum bozori barpo etiladi
2026-02-03 09:25:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Nargiza Nematova bozor hududida boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi. Jarayon davomida tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Qurilish ishlari davom etayotgan davrda tadbirkorlar faoliyatini uzluksiz davom ettirishi uchun vaqtinchalik savdo joylari tayyorlanmoqda. Hozirda maxsus texnikalar yordamida yer maydonlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bu esa tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish, xaridorlar uchun esa xavfsiz va tartibli savdo muhitini taʼminlashga xizmat qiladi.
Yangi buyum bozori zamonaviy talablar asosida barpo etilishi rejalashtirilgan boʻlib, u savdo madaniyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda tuman iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, tumanimizda yaqin kunlarda yangi buyum bozori aholi va tadbirkorlar uchun katta qulaylik boʻlishi shubhasiz.





