Yoshlarga oid davlat siyosati – kelajak poydevori.
2026-01-24 09:05:00 / Yangiliklar
Yoshlarga oid davlat siyosati yosh avlodning intellektual, ma’naviy, huquqiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim strategik yo‘nalishdir.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tashabbus va loyihalar yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu kabi tashabbuslardan biri — O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Sardorlar saylovi” tanlovidir. Tanlovning viloyat bosqichida Olot tumanidagi 28-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Erkinova Jasmina munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Bu yutuq yoshlarning yetakchilik salohiyati va faolligini namoyon etuvchi yorqin natija bo‘ldi. Erkinova Jasminaga tanlovning Respublika bosqichida ham katta omad va zafarlar tilaymiz!



