RASMIY MUNOSABAT
2026-03-30 19:00:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Olot tumani, Bunyodkor mahallasidan o‘tuvchi ichki yo‘llar ta’mir talab qiluvchi holatga kelib qolganligi haqida tasvirli video tarqaldi.
Ushbu holat tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Yaqin kunlarda tuman hududidagi 9 ta mahallada kanalizatsiya tarmoqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan Bunyodkor MFYdagi Iftixor ko‘chasida ham kanalizatsiya tarmoqlarini yotqizish ishlari boshlanadi.
Shu munosabat bilam hozirda kanalizatsiya tarmoqlarini yotqizish ishlari boshlanib ishlar to‘liq yakunlangach, ichki avtomobil yo‘llari ta’mirlanishi sizlarga ma’lum qilinadi.

