14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi asosida bugun Ma’naviyat va ma’rifat maskanida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2026-01-13 12:20:00 / Yangiliklar
Matbuot anjumanida Vatan himoyasi, harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tibor, ularning fidokorona xizmatini e’tirof etib, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javoblar berilib, ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati qayd etildi.








