14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-01-13 09:45:00 / Yangiliklar

Mazkur bayram tadbiri tuman hokimligi, tuman hokimligi huzuridagi mutasaddi tashkilotlar, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda tumani hokimi o‘rinbosari Nasiba Jumayeva so‘zga chiqib, Vatan himoyachilarini bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ularning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Bayram tadbiri chinakam bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Bayram dasturida Madaniyat markazlari ijodiy xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Bayram tantanasiga tuman hokimiyati vakillari, harbiy faxriylar, harbiy xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla faollari, faxriy ustozlar hamda ota-onalar taklif etildi.
Bayram tadbiri Madaniyat bo`limi hamda 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi bilan ochib berildi. Konsert dasturi davomida vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar namoyish etilib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Tadbir yakunida tuman hokimligi tomonidan Vatan posbonlari tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









