Olotlik yosh isteʼdodlar xalqaro tanlovda yuksak natijalarga erishdi.
2026-01-11 13:45:00 / Yangiliklar

Ushbu tanlovda Olot tumani 15-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.
Xususan, anʼanaviy xonandalik yoʻnalishi boʻyicha:
Erkinov Jonibek — Gran-pri sohibi,
Murotov Murodbek — 1-oʻrin,
Farxodov Bobirjon — 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi boʻyicha:
Saylijonov Samirjon — 1-oʻrin,
Abdullayev Asatbek — 2-oʻrin bilan taqdirlandi.
Mazkur natijalar tumanimizda yosh avlodning sanʼatga boʻlgan qiziqishi va isteʼdodini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yaqqol samarasidir. Oʻquvchilarning bu kabi yutuqlari ularning ustozlari mehnati, ota-onalar qoʻllab-quvvatlovi hamda milliy sanʼatimizga boʻlgan yuksak eʼtibor natijasidir.
Gʻolib va sovrindor boʻlgan barcha yosh isteʼdodlarni, ularning ustozlarini samimiy tabriklab, kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz.






