Seminar: Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mavzusida
2026-01-08 08:30:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilgan mazkur seminar tuman hokimi o‘rinbosari Jamil Alloqov boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Unda Olot tumani statistika bo‘limi mas’ullari, tuman hokimligi boshqaruv apparati vakillari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalar rahbarlari faol ishtirok etdilar.
Seminarning asosiy maqsadi — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ushbu tadbirlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda mas’ul ijrochilar bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mazkur o‘quv seminari statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan tashkil etilib, unda ro‘yxatga olish jarayonlarini bevosita joylarda — aholiga yaqin holda samarali tashkil etish imkonini beradi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish natijalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rni, savolnomalarni to‘g‘ri, aniq va xolis to‘ldirish tartibi, elektron axborot tizimlari va raqamli platformalardan foydalanish usullari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘quv seminari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli, tizimli va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘tkazilgan bunday seminarlar mas’ul xodimlarning bilim va malakasini oshirish, hududlarda ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etishga mustahkam zamin yaratadi








