Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar bo`lib o`tid.
2026-01-06 11:55:00 / Yangiliklar
Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi vakillari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida joriy yilning 15-yanvardan 28-fevralgacha respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbirlarining mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari va zamonaviy axborot tizimlari orqali amalga oshirish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali ma’lumotlarni to‘plash va tizimga kiritish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berildi.






