"Xosabo‘yi" mahallasida sayyor qabul: Aholi salomatligi e’tibor markazida.
2026-03-24 15:30:00 / Yangiliklar

Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, bugun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nodir Oltiyev tomonidan "Xosabo‘yi" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning tibbiyot sohasiga oid murojaatlari tinglandi va ularni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi. Jami 7 ta murojaat qabul qilinib, ularning 2 tasi dori-darmon bilan ta’minlash, yana biri ish bilan bog‘liq masala bo‘ldi. Shuningdek, 1 ta order masalasi ko‘rib chiqildi, 3 nafar fuqaro davolanish jarayoniga yo‘naltirildi.
Qabulda jami 10 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib, 1 nafar fuqaroga viloyat darajasida davolanish uchun yo‘llanma berildi, yana 2 nafar fuqaroga esa tuman tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.
Bunday sayyor qabullar aholiga qulaylik yaratish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




