Shayxlarda zamonaviy mebelsozlik hunardan tadbirkorlik sari yo‘l.
2026-03-25 08:30:00 / Yangiliklar

Uzoq yillar davomida hunarmandchilik sirlarini chuqur o‘rganib, turli mebel sexlarida tajriba orttirdi. Samarqand va Buxoro shaharlarida ustozlardan saboq olgan usta bugun o‘z orzusini ro‘yobga chiqarib, zamonaviy mebel ishlab chiqarish sexini faoliyat yuritmoqda.
Tadbirkor o‘z tashabbusini amalga oshirish maqsadida tuman hokimligiga murojaat qildi va mahalla ko‘magida 150 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga erishdi. Ushbu mablag‘ evaziga xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelinib, ishlab chiqarish jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bugun sexda xontaxta, oshxona jihozlari, yumshoq va qattiq mebel turlari zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlanmoqda. Kompyuterlashtirilgan dasturlar orqali boshqariladigan uskunalar ish jarayonini tezlashtirib, mahsulot sifatini yanada oshirish imkonini bermoqda. Xususan, kesish, frezerlash va bezak berish jarayonlari aniq va yuqori sifatda amalga oshirilmoqda.
Spartak Bobochev nafaqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, balki “ustoz-shogird” an’anasini ham davom ettirmoqda. Ayni paytda uning qo‘l ostida 4 nafar yosh shogird zamonaviy mebelsozlik sirlarini o‘rganmoqda. Bu esa kelajakda sohada malakali mutaxassislar sonini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirkor sexni yanada kengaytirish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish va mahsulot turlarini boyitishni rejalashtirmoqda. Uning sa’y-harakatlari nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahalla iqtisodiy rivojiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.








