“Kesakli” yangi arig`idan suv keldi — rizq keldi.
2026-03-10 11:00:00 / Yangiliklar

Ana shunday ijobiy o‘zgarishlar “Kesakli” mahallasida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. “Open byudjet” loyihasi doirasida mahalla aholisi tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslar ketma-ket g‘olib deb topilib, muhim loyihalar hayotga tatbiq etildi.
Xususan, mahallaning ichki yo‘llari shag‘allashtirildi, 22-umumta’lim maktabi uchun faollar zali va sport majmuasi barpo etildi. Bundan tashqari, suv nasosini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatildi hamda mahallani suv bilan ta’minlovchi kanalning 2 kilomert betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunga qadar viloyat hokimli mablag`lari evaziga kanalning 1 kilometr qismi betonlashtirildi. Natijada mahalladagi 590 dan ortiq xonadon hamda 4 ta fermer xo‘jaligining suv ta’minoti darajada yaxshilandi. Bu esa mahalla ahlining katta quvonchiga sabab bo‘ldi. Aholi suv bilan birga fayz-u baraka ham kirib kelganini ta’kidlab, bu o‘zgarishlar turmush darajasining yanada oshishiga xizmat qilishiga ishonch bildirmoqda.
bugun tuman hokimi Nargiza Nematova “Kesakli” mahallasida bo‘lib, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan va amalga oshirishda faol ishtirok etgan mahalla faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yangi ariqqa suv kelgani mahalla ahli uchun katta quvonch va baraka manbai bo‘layotgani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, endilikda asosiy e’tibor tomorqalardan samarali foydalanishga qaratilishi lozimligi ta’kidlandi. Sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda “Kesakli” mahallasi yetakchi hududlardan biri bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Avvallari mahallada bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlarida ham salmoqli natijalar qayd etilgani eslatib o‘tildi.
Bundan tashqari, tomorqachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun ham barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Joriy yilda tumanda imtiyozli kreditlar 12 foizlik stavkada ajratilishi rejalashtirilgani ham aholi uchun katta imkoniyat ekanligi qayd etildi.
Darhaqiqat, suv bor joyda baraka bo‘ladi. Bugun “Kesakli” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahalla ahlining hamjihatligi va tashabbuskorligi ko‘plarga ibrat bo‘layotgani e’tiborga molik.
Shu o‘rinda ushbu ezgu ishlar amalga oshishiga hissa qo‘shgan tashabbuskorlar va mutasaddilarga mahalla ahli tomonidan minnatdorlik bildirildi.








