"Open byudjet": Opshoqlik bolajonlar uchun zamonaviy sport maydoni barpo etilmoqda.
2026-03-10 14:15:00 / Yangiliklar

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri o‘tgan yili opshoqliklar tomonidan ilgari surildi. Mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan loyiha "Open byudjet" jarayonida katta qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lib, 3 ming 800 dan ortiq ovoz to‘pladi va g‘olib deb topildi. Natijada mazkur loyiha uchun 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur mahallada 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni qariyb 1 ming 400 nafarni tashkil etadi. Endilikda ular uchun zamonaviy 42-24 o‘lchamdagi, usti yopiq, sun’iy qoplamali sport maydoni barpo etilmoqda. Ushbu sport inshootida asosan futbol bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Loyiha qurilish ishlari "Kapital Sifat Qurilish" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Mahalla ahli bu yangilikni katta quvonch bilan kutib olmoqda. Zamonaviy sport maydonining foydalanishga topshirilishi esa bahorning eng go‘zal ayyomlaridan biri – Navroʻz bayrami arafasida aholiga munosib sovg‘a bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi sport maydoni yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda mahallada sportni yanada rivojlantirishda o‘rni beqiyos.









