Rasmiy munosabat
2026-02-09 15:45:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qayyoqqa qarama ko‘zbo‘yamachiliklar” sarlavhasi ostida video tasvir tarqalishi munosabati bilan holat tuman mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Olot tumanidan o‘tuvchi D–187 “a” – M37 avtomobil yo‘liga tutash shoxobcha yo‘lining 3,880-kilometr qismida joylashgan ko‘prik yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur ko‘prikdagi harakat jadalligi sutkasiga 0,210 ming dona transport vositasini tashkil etadi. Ko‘prikning umumiy uzunligi 12 metr bo‘lib, uni ta’mirlash uchun taxminan 2,5 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi.
Ko‘prikning texnik holati ta’mirlashni talab qilgani sababli Olot tumani og‘ir toifadagi tumanlar ro‘yxatiga kiritilgan. Natijada, amaldagi dasturlar doirasida mazkur obyektni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilishi hamda qisqa muddatlarda ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Mazkur masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.
