Olot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 405-sonli Qarori ijrosi yuzasidan o‘quv-amaliy seminar t
2026-01-23 19:20:00 / Yangiliklar

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 892-sonli Qarorining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, tumandagi “Usmonshayx”, “O‘zbekiston”, “Qirlishon”, “Ko‘lchovdur”, “Xidreyli” va “Kumkashon” mahallaridan tanlab olingan faol nuroniylarning mahallalarda biriktirilgan kambag‘al oilalar bilan olib borayotgan ish faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, namunali tajribalar sifatida ko‘rsatib berildi.
Mazkur o‘quv-amaliy seminar yig‘ilish ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi hamda nuroniylarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.







