Fidoiy shifokorlar — salomatlik posbonlari
2026-01-01 10:15:00 / Yangiliklar
Inson salomatligini asrash yoʻlida tunu kun fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining mehnati har qanday tahsinga loyiq. Ayniqsa, bayram kunlarida ham burchiga sodiq qolib, navbatchilikni sidqidildan ado etayotgan shifokor va hamshiralar jamiyatimiz faxridir.

Shu munosabat bilan joriy yilning 31-dekabr kuni navbatchilikda boʻlgan 60 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram sovgʻalari ulashildi.
Shuningdek, ularga kelgusi ish faoliyatlarida barchaga mustahkam sogʻliq, xonadonlariga fayz-baraka hamda kasbiy muvaffaqiyatlar tilandi.
