“Mening maktabim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
2025-11-21 17:55:00 / Yangiliklar
“Ochiq budjet” portalida “Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi
1-bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

Bunga ko‘ra, Buxoro viloyati Olot tumanida umumiy qiymati 2,019 mlrd so‘mni tashkil etgan 121 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Ushbu loyihalar uchun jami 1553 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.
G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola (https://openbudget.uz/school/project-introduction/2) orqali tanishishingiz mumkin.
Barcha g’olib tashabbuskorlarni tabriklaymiz!
