Xorijiy investorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi
2026-11-13 14:00:00 / Yangiliklar

Unda Rossiya, Xitoy, Fransiya, Belarus, Italiya va boşqa davlatlardan kelgan, Navoiy viloyatida yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istagini bildirgan xorijiy investorlar iştirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar öz investitsiya loyihalari taqdimotini ötkazib, ularni amalga oşiriş jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud tösiqlar hamda hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflarini bildirdilar.
Kötarilgan har bir masala atrofliça muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etiş yuzasidan tegişli vazirlik, idora va taşkilotlar rahbarlariga aniq vazifa va topşiriqlar berildi.
Uçraşuv yakunida xorijiy investorlarga viloyatda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, tadbirkorlar uçun mavjud imkoniyatlar hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oşirişning barça bosqiçlarida xorijiy hamkorlarga har tomonlama amaliy kömak körsatilişi ta’kidlandi.

