
Hududiy rivojlanish
Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish, bu borada mahalliy boshqaruvni "aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida takomillashtirish, dolzarb muammolarning tezkor yechimini topishda tuman (shahar) hokimliklarining vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabrdagi "Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-186-son Farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimizda jadal demografik va iqtisodiy oʻsish sharoitida uy-joy qurilishi va shaharsozlik boʻyicha yirik dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi shahar – “Yangi Toshkent” barpo etilmoqda, yirik hududiy markazlar millionli shaharlarga aylantirilmoqda.
2026-yilda O‘zbekistonda hududlarni tizimli rivojlantirish, kambag‘allikni tubdan qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlariga sharoit yaratish borasida bir qator muhim qarorlar, farmonlar va davlat dasturlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-49-son Qarori qabul qilingan boʻlib, unga koʻra asosiy maqsadli koʻrsatkichlar qatorida ushbu ham belgilab qoʻyilgan: 37 ta ogʻir toifadagi tumanlarda kambagʻallik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish va Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi 33 ta tuman va shaharni kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.


