Yirik turistik loyihalarni amalga oshirish
2026-10-28 11:50:00 / Yangiliklar

Xususan, “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi doirasida Chorvoq suv ombori bo‘yida xalqaro turizm markazini tashkil etish ishlari ko‘rib chiqildi. Qiymati $5 mlrd bo‘lgan loyiha 570 gektar maydonni qamrab oladi. Uning amalga oshirilishi natijasida 500 gacha ish o‘rni yaratilishi va markaz yiliga 5000 nafar sayyohni qabul qilishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida ko‘prik qurilishini jadallashtirish hamda “Sea Breeze Uzbekistan” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Beldirsoy–Chimyon–Nanay” xalqaro umummavsumiy kurort majmuasi qurilishi bilan tanishildi. Fransiya investitsiyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan, qiymati $113 mln bo‘lgan loyiha 1300 gektar maydonni qamrab oladi. Majmuada 3000 ish o‘rni yaratish va 5000 o‘rinli joylashtirish infratuzilmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyihani amalga oshirishdagi mavjud masalalar, jumladan, 7 ta transformator qurilishini yakunlash, vaqtinchalik yo‘llar va tog‘ chang‘isi trassalarini barpo etish, loyiha hujjatlari ekspertizasini tezlashtirish hamda yer uchastkalari va kompensatsiya bilan bog‘liq ishlarni yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘stonliq tumanidagi mazkur loyihalar hududning turizm salohiyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy sayyohlarni jalb etishda muhim ahamiyatga ega.


