
Turizm va Madaniyat

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Aqqulov Abdulaziz O‘rolboyevich
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm tarmoqlariga qaratilayotgan yuqori eʼtibor natijasida yurtimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qulay sharoitlar, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, turizm tarmoqlari hamda joylashtirish vositalarida xizmat turlarining yaqqol ortishi va yuqori servis salohiyatining yo‘lga qo‘yilganini kuzatish mumkin.
Bu borada “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizom talablariga binoan esa sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish o‘zining samarali natijasini berdi.
Sababi turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishning eski tizimi o‘zini oqlamagan bo‘lsa, ko‘p yillar davomida turizm xizmatlari sifat va xavfsizlik borasidagi standartlarga javob bermasdi. Turizm xizmatlari uzoq davrlardan qolgan va dolzarbligini yo‘qotgan, xalqaro talablarga javob bermaydigan standartlar asosida sertifikatlashtirilar edi.
Bunda Markaz qoshida Turizm xizmatlarini standartlashtirish sohasidagi texnik qo‘mita tashkil etilgan. Hozirgi kungacha ushbu texnik qo‘mita tomonidan xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan 14 ta davlat standarti ishlab chiqilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ular asosida sertifikatlashtirilgan joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash sezilarli darajada oshdi.
Shuningdek, mehmonxona biznesi vakillariga qulaylik yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘mak beruvchi joylashtirish vositalari xodimlari uchun matn va audio materiallaridan tashkil topgan mobil ilova ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston tomonidan YUNESKOning sohaga oid 4 ta Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari Umumjahon merosi ro‘yxatiga, Shoshmaqom, Navro‘z, Boysun madaniy muhiti, Askiya, Katta ashula, Palov madaniyati va anʼanasi, Marg‘ilon hunarmandchilik maktabining atlas va adras to‘qish texnologiyasi kabi nomoddiy madaniy meros namunalari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi konselariyasi hujjatlari “Jahon xotirasi” dasturidan joy olgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm toʻgʻrisida” O‘RQ-549-son Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son farmoni bilan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-114-son Farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin koʻpaytirish va turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-87-son Farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-348-son Qarori bilan “Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
2025-yilda sayyohlar soni 11 milliondan oshib, dunyoning 200 ta davlatidan turistlar tashrif buyurgan, turistik xizmatlar eksporti 4,8 milliard dollarga yetgan, shuningdek, vizasiz tartib joriy etilgan davlatlarning soni 94 taga ko‘paygan. Mamlakatimiz turizm salohiyatini AQSh, Fors ko‘rfazi davlatlari, Hindiston, Xitoy va Skandinaviya kabi ustuvor bozorlarda ilgari surish bo‘yicha yangi marketing strategiyasini amalga oshirmoqda. O‘zbekistonning xalqaro turistik platformalardagi ishtiroki kengaytirilmoqda, raqamli kontentni rivojlantirish hamda yirik media resurslari va fikr yetakchilari jalb qilinmoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro madaniyat makonida oʻz mavqeini izchil mustahkamlab bormoqda. Samarqandda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 190 mamlakatdan 3 mingdan ortiq delegatlar ishtirokida muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Tadbir yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning madaniy merosni muhofaza qilish, taʻlim va kreativ iqtisodiyot boʻyicha tashabbuslarini amaliyotga joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20- yanvardagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi O‘RQ-668-son Qonuni qabul qilingan.
Buxoroda birinchi Zamonaviy sanʻat biyennalesi oʻtkazildi. 70 kun davom etgan tadbir 3,5 gektar maydonni va 14 ta restavratsiya qilingan madaniy meros obyektlarini qamrab oldi. Biyennaleda 40 dan ortiq davlatdan 70 nafar ijodkor va kurator ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etganlarning soni qariyb 1,8 million nafarni tashkil etib, jumladan, 100 nafardan ortiq yuqori martabali xorijiy mehmon tashrif buyurdi. Oʻzbekiston 2021-yildan buyon Venetsiya biyennalesida doimiy ravishda ishtirok etishi esa Italiyadan sayyohlar oqimining oʻsishiga xizmat qilmoqda.
Samarqandda “Samarqand merosi yoʻlagi” loyihasi ish boshlamoqda. Registon ansambli, Bibixonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini 6,6 kilometrlik yagona sayyohlik yoʻnalishi oʻzaro bogʻlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30 martdagi 265-son qarori bilan “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22 noyabrdagi “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-399-son Qarori.

