
Investitsiyalar, sanoat va savdo

Kudratov Laziz Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga respublikada 59 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 1100,0 trln so‘mlikdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 foizdan ko‘proqqa oshgan.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 18 mingdan ortiq bo‘lib, shundan 4 mingdan ortig‘i qo‘shma korxonalar, 14 mingga yaqini xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2025-yilning yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasi 81 milliard dollardan oshdi. AQSH dollarini tashkil etdi va 2024-yilga nisbatan 20 foizdan ko‘proqqa oshdi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida:
Eksport - 33 milliard so‘mdan ortiq (2024-yilga nisbatan 24 foiz)
Import - 47 milliard so‘mdan ortiq (2024-yilga nisbatan 18,5 foiz)
O‘zbekiston Respublikasi jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshiradi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (21 foizdan ortiq), Rossiya (taxminan 16 foiz), Qozog‘iston (6 foizdan ortiq), Turkiya (taxminan 4 foiz) va Koreya Respublikasi (2 foizdan ortiq) bilan qayd etilgan.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.


