Buxoro viloyat hokimi va Guandun sanoat rahbari uchrashuvi
2026-06-04 11:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Xitoy davlatlari rahbarlarining o‘zaro tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.
Shuningdek, viloyat rahbari o‘z so‘zida o‘tgan yilning 12-19-iyun kunlari provinsiyaga tashrif davomida hududlararo investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qator tashabbuslar ilgari surilganligi, bu borada William Linning xizmati alohida bo‘lganligi uchun uchun minnatdorlik bildirdi.
Muloqotda kelishuvlarga erishilgan biznes loyihalarni o‘zaro ishonch va teng manfaatli hamkorlik asosida amalga oshirishni jadallashtirish, bu borada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida fikr almashildi.
Yakunda Buxoro va Guandunda alohida “shou room”lar ochib, ikki tomon savdo aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar targ‘ibotini kuchaytirish, Buxoroga salohiyatli investorlarni jalb qilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib olindi.

