Ijtimoiy himoya va Bandlik
Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Zohidov Botir Erkinovich
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
2020-yil 20-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oldini olish, ishchi va xodimlarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlariga bo‘lgan huquqlarini ta'minlash borasida qonun hujjatlarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2021-yil 4-iyun kuni “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida 187-sonli konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikasiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan. Shuningdek, mehnat qonunchiligi buzilgan taqdirda fuqarolar Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi ish o‘rinlarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirishdir. Bu boradagi manzilli ishlar natijasida o‘tgan yilning o‘zida kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushdi. 1 million aholi kasb-hunarga o‘qitilib, ish boshlashiga ko‘maklashilib, kambag‘allikdan olib chiqildi.
Shu davrda 200 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti tashkil qilindi, 10 mingta korxonaning faoliyati kengaytirildi, 11 mingta korxona quvvati tiklandi.
Mamlakatimizda gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etdi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetdi.
Bugungi kunda tibbiyot sohasida mehnat qilayotganlarning 77 foizini, ta’lim sohasida esa 74 foizni xotin-qizlar tashkil etmoqda. Iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida bu ko‘rsatkich 46, boshqaruv sohasida 33, partiyalar safidagi ulushi 47 foizga yetgan.