Toshkent viloyatida istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-10-21 14:25:00 / Yangiliklar

Muloqotda O‘zbekistonning strategik transformatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar hamda ularni Toshkent viloyatida amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda umumiybeshta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun PVBLIC Foundation tashkiloti tomonidan qiymati 1,55 milliard dollar bo‘lgan grand mablag‘i ajratilgan.
Eʼtiborlisi, loyihalarning uchtasini Toshkent viloyatida qurish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, viloyatda biotexnologiyalar yo‘nalishida yirik universitet barpo etish uchun 500 million dollar investitsiya kiritish, shuningdek, qiymati 350 million dollarga teng piyozdan shakar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur ishlab chiqarish tashabbusi ushbu yo‘nalishda yangi imkoniyatlarni ochishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Nurafshon shahrida zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Ushbu tashabbuslar ilm-fan va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda tibbiyot xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va hamkorlikning keyingi bosqichlariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

